Jamiyat | 22:08 / 02.11.2019
21980
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyat moliya bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Viloyat bosh boshqarmasining avvalgi rahbari Bahromjon Haydarov shu yilning 8 oktabr kuni Andijon shahar hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Andijon viloyat moliya bosh boshqarmasiga Sardorbek Jaloldinovich Rahmonov rahbar etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda. 

Sardorbek Jaloldinovich Rahmonov Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida Izboskan tuman g‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i va iqtisodiyot tarmog‘ining turli sohalarida faoliyat yuritgan. 

Sardorbek Rahmonov yangi lavozimga tayinlanishidan oldin Andijon viloyat Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi rahbari vazifasida ish olib borayotgan edi.

Viloyat bosh boshqarmasining avvalgi rahbari Bahromjon Haydarov shu yilning 8 oktabr kuni Andijon shahar hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid