AQSh jurnalistlarga nisbatan zo‘ravonliklarga chek qo‘yishga chaqirdi
YuNeSKO ma'lumotlariga ko‘ra, 1993 yildan 2019 yil noyabrgacha dunyo bo‘yicha 1360 nafar jurnalist o‘ldirilgan. Shu bilan birga bu qotilliklarning 90 foizi ochilmasdan qolmoqda.
Amerika Qo‘shma Shtatlari jurnalistlarga nisbatan tahdidlar va zo‘ravonliklarga barham berishga chaqiradi. Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Morgan Ortegusning Jurnalistlarga qarshi jinoyatlarning jazosiz qolishiga chek qo‘yish xalqaro kuni munosabati bilan tarqatilgan bayonotida aytiladi.
"Qo‘shma Shtatlar o‘z vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan jurnalistlarni yodga oladi va jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalarining boshqa xodimlariga nisbatan tahdidlar, qo‘rqitishlar va zo‘ravonliklarga chek qo‘yishga chaqiradi. Dunyoning ko‘plab joylarida jurnalistlar o‘ldirilmoqda, qiynoqqa solinmoqda, qamoqqa tashlanmoqda va korrupsiyalashgan rejimlarning qonun buzishlarini fosh qiladigan, terrorchi va jinoiy tashkilotlar ishiga xalal beradigan reportajlari uchun ta'qib qilinmoqda", deyiladi bayonotda.
Jurnalistlarga qarshi jinoyatlarning jazosiz qolishiga chek qo‘yish xalqaro kuniga BMT bosh assambleyasi tomonidan 2013 yil 18 dekabrda asos solingan. Radio France internationale jurnalistlari Jislen Dyupon va Klode Verlone Mali shimolida o‘ldirilgan 2013 yil 2 noyabr sanasi ushbu kun nishonlanadigan sana sifatida tanlangan.
YuNeSKO ma'lumotlariga ko‘ra, 1993 yildan 2019 yil noyabrgacha dunyo bo‘yicha 1360 nafar jurnalist o‘ldirilgan. Shu bilan birga bu qotilliklarning 90 foizi ochilmasdan qolmoqda.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024