Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV: YPX xodimining harakatlarini tasvirga olish taqiqlanmagan
Matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi, polkovnik Shohrux G‘iyosov, vazirlik Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rahbariyati va boshqa mas'ul xodimlari, shuningdek, respublika va xorijiy OAV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda mas'ul shaxslarga xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati (YPX) xodimining harakatlarini haydovchilar tasvirga tushirishi va ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishi yuzasidan aniqlashtiruvchi savol berildi.
IIV javobida aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qaroriga ko‘ra yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga tasvirga olish mumkin.
«Tasvirga olish taqiqlanmagan», - deya javob qaytardi mas'ul shaxslar.
Shuningdek, tadbirda avtomashinalarga kuchaytirilgan avtochiroqlarni o‘rnatish borasida ham savol berildi.
Javobda qayd etilishicha, umumiy texnik reglamentga ko‘ra transport vositalari qismlarini ishlab chiqargan zavod tomonidan joriy qilingan texnik tavsifnomasida belgilangan talablarni o‘zgartirish mumkin emas.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
10:56 / 17.04.2026