Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida «Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş tizimida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar» mavzusida matbuot anjumani taşkil etildi.
Matbuot anjumanida Içki işlar vazirining matbuot kotibi, polkovnik Şohrux Ğiyosov, vazirlik Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi rahbariyati va boşqa mas'ul xodimlari, şuningdek, respublika va xorijiy OAV vakillari iştirok etdilar.

Tadbirda mas'ul şaxslarga poytaxtda YHXB inspektorlariga 32ta bodi-kamera tarqatilgani haqida xabarlar tarqalgani va uşbu jarayon hozir qanday bosqiçda ekani haqida savol berildi.
IIV javobida aytilişiça, Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan bodi-kameralar sinovdan ötkazilgan.
«Sinovdan ötkaziş çoğida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş hamda tizimni yanada takomillaştiriş böyiça taklif va fikrlar ijro etuvçi komissiyaga taqdim etildi», - deyiladi IIV mas'ul şaxslarining javobida.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda 1 iyuldan YPX xodimida videokamera bölişi majburiy qilingandi. Lekin bu tartib öz muddatida kuçga kirmadi - IIV YHXBB joriy yilning yozida «Kameralar butunlay bekor qilingani yöqligi, faqat muddatlarini uzaytiriş rejalaştirilayotgani» töğrisida bayonot berdi.
Öz navbatida, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 iyulda qabul qilingan «Içki işlar organlari xodimlarini mobil videokuzatuv vositalari bilan ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 556-son qarori bilan içki işlar organlarining yöl-patrul bölinmalari va patrul-post xizmati xodimlarini mobil videokameralar hamda planşetlar bilan ta'minlaş 2020 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.
Joriy yilning 22 iyulidan esa Toşkent şahrida bodi-kameralarni sinov-tajriba tariqasida işlatib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş işlari boşlandi.












