Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari davom etmoqda
Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Madaniyat kunlari doirasida S.Ayniy nomidagi Tojikiston davlat opera va balet akademik teatri foyesida O‘zbekistonning madaniy merosi va xalq hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
So‘ngra katta konsert dasturi namoyish etildi. Unda Sherali Jo‘rayev, G‘ulomjon Yoqubov, Abduhoshim Ismoilov, Ozoda Nursaidova, Yulduz Turdiyeva, Umid Isroilov, "Maqom", "Toshkent zebolari" ansambllari va boshqa iste'dod egalari o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan chiqish qilishdi.




O‘zbekiston delegatsiyasi tadbirlar doirasida Dang‘ara davlat universitetiga tashrif buyurdi. Ushbu universitetda O‘zbekistondan 86 nafar talaba tahsil oladi.
Shuningdek, Dang‘ara shahridagi “Qasri Faxrang” madaniyat qasrida o‘zbekistonlik san'at ustalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi E.Shoismatov rahbarlik qilmoqda.




Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026