O‘zbekiston Osiyoning eng boy tarixiy merosga ega mamlakati deb topildi
22 noyabr kuni Kuala-Lumpur shahrida Malayziya turizm, san'at va madaniyat vaziri o‘rinbosari Muhammad Baxtiyor bin Van Chik O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonovga O‘zbekiston «Osiyoning eng boy tarixiy merosga ega mamlakati» deb tan olinganligi to‘g‘risidagi diplomni topshirdi.
G‘oliblar Malayziyaning «Research House of Asia Media» media kompaniyasi tomonidan Osiyo mintaqasi mamlakatlarida o‘tkazilgan ijtimoiy va marketing tadqiqotlari natijalari asosida aniqlandi.
«Research House of Asia Media» Malayziyaning yirik nashriyot uylaridan biri hisoblanadi va «The Top 10 of Asia», «The Top 10 of Malaysia», «The Top 10 of Indonesia», «The Top 10 of Singapore», «The Top 10 of Thailand» hamda «The Top 10 of Lifestyle» jurnallarini chop etadi.
Taqdirlash marosimida Osiyoning 20 mamlakatidan 1000ga yaqin kishi ishtirok etdi.
Marosimda qayd etilishicha, O‘zbekistonda YuNeSKO Butunjahon merosiga kiritilgan beshta obekt joylashgan.
Mavzuga oid
07:50
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
20:50 / 17.09.2024
Rossiyalik bloger O‘zbekiston poyezdidagi sayohatni «haqiqiy sinov» deb ta’rifladi
16:14 / 31.08.2024
O‘zbekiston va Malayziya "Halol" sertifikatini joriy etishni muhokama qildi
17:32 / 30.08.2024