Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokorlar Assanj qamoqxonada vafot etishi mumkinligidan xavotirlanmoqda
Yevropaning qator davlatlaridan va Avstraliyadan bo‘lgan 60 nafar shifokorlar guruhi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning salomatligi borasida xavotir bildirdi va uni zudlik bilan kasalxonaga yotqizishga chaqirdi. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.
"Tibbiy nuqtai nazardan, mavjud dalillarga asoslanib, Assanjning 2020 yil fevralida sud oldida javob berishga qodirligi borasida jiddiy xavotirimiz bor. Eng asosiysi, janob Assanj jismoniy va ruhiy salomatligi borasida tezkor tibbiy ekspert xulosasiga muhtoj", - Britaniya tashqi ishlar vaziri Priti Patelga yo‘llangan maktubda.
Telekanalning qayd etishicha, Assanj Belmarsh qamoqxonasida saqlanmoqda. Shifokorlarning fikricha, WikiLeaks asoschisi jismoniy va ruhiy azoblarni boshidan kechirmoqda. Mutaxassislar Assanj zudlik bilan maxsus klinikaga yotqizilishi va professional shifokorlar nazorati ostida davolanishi lozim degan fikrda.
"Agarda zudlik bilan tekshiruv va davolash ishlari olib borilmasa, Assanj qamoqxonada vafot etishi mumkin degan jiddiy xavotirimiz bor", - deya ta'kidlagan shifokorlar.
Avvalroq Assanjning qamoqxonada vafot etishi mumkinligi borasida uning otasi Jon Shipton o‘z tashvishini bildirgandi.
Mavzuga oid
21:29 / 01.10.2024
Julian Assanj: «Men jurnalistikada o‘zimni aybdor deb tan olishga majbur bo‘ldim»
00:06 / 26.09.2024
Julian Assanj ozod etilganidan beri ilk bor omma oldida chiqish qiladi
09:14 / 26.06.2024
Wikeleaks asoschisi Assanj AQSh sudi tomonidan ozod qilindi
08:52 / 25.06.2024