Jahon | 20:39 / 27.11.2019
5264
1 daqiqa o‘qiladi

NATO Boeing bilan 1 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi 

NATO va AQShning Boeing kompaniyasi AWACS radiolokatsion izlash va boshqarish samolyotlarini takomillashtirish bo‘yicha shartnomani imzoladi. 

Yyens Stoltenberg (o‘ngda) va Maykl Artur (chapda)/Foto: AP

Hujjatni imzolash marosimi NATOning Belgiyadagi “Melsbruk” harbiy bazasida bo‘lib o‘tgan. Shartnomani NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg va Boeing International prezidenti Maykl Artur imzolashgan.

“AWACS – bu bizning [NATOning] osmondagi ko‘zlarimizdir, u o‘nlab yillar davomida havodagi amaliyotlarimizni qo‘llab-quvvatlab kelgan”, deb aytgan Stoltenberg jurnalistlarga.

Ma'lum qilinishicha, NATO qurollanishida AWACS turidagi 14 ta samolyot mavjud bo‘lib, alyansning ular ishtirokidagi dasturi 1982 yildan beri amal qiladi.

NATO qurollanishda turgan AWACS’larni joriy modernizatsiyalashdan keyin, jumladan samolyotlarga sun'iy ongni o‘rnatgach 2035 yilgacha qo‘llamoqchi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid