Samarqandda yana ikki kishini tuproq bosib qoldi
Samarqand shahri bo‘ylab kommunikatsiya tarmoqlarini o‘tkazish ishlari ketayotgani bois ko‘chalarda qazish ishlari olib borilmoqda va inson o‘limiga olib kelgan turli baxsiz hodisalar ham ro‘y berib turibdi.
30 noyabr kuni soat 17:30 atrofida Samarqand shahrining Ro‘dakiy va Bo‘stonsaroy ko‘chalari chorrahasida kommunikatsiya quvuri o‘tkazish ishlari olib borilayotgan vaqtda tuproq massasi ko‘chib tushishi natijasida ikki kishi tuproq ostida qoldi.
Samarqand shahar hokimligi matbuot xizmatining viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan ma'lumotga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, «Staplast» mas'uliyati cheklangan jamiyati ishchisi, 1997 yilda tug‘ilgan M.T. jiddiy tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam xizmati orqali RShTYoIMga olib ketilgan. 1981 yilda tug‘ilgan U.R. esa voqea joyida vafot etgan.
Avvalroq, 13 noyabr kuni Samarqand shahrining «Bog‘imirzo» mahalla fuqarolar yig‘ini Xishrav ko‘chasida baxsiz hodisa yuz bergani, yollanma ishchi sifatida jalb etilgan N. R. va P. D. suvoqova quvurida ta'mirlash ishlarini olib borayotganida kutilmaganda ularni tuproq bosib qolgan va ular voqea joyida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024