KXDR AQShga «Rojdestvo sovg‘asi» tayyorlayotganini ma'lum qildi

Foto: REUTERS
Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi Vashington Pxenyandan "Rojdestvo sovg‘asi" olishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
KXDR tashqi ishlar vaziri Ri Txe Son ana shunday bayonot bilan chiqdi. U AQShni denuklearizatsiya bo‘yicha muzokaralarni cho‘zishda va amerikalik siyosatchilarni bu muzokaralardan o‘z maqsadlarida foydalanishda aybladi.
"AQSh reklama qilgan muloqot aslida KXDRni bu muloqotga olib kirish va undan saylov kampaniyasi davomida o‘z siyosiy maqsadlarida foydalanish uchun qilingan ahmoqona hiyladan boshqa narsa emas", - dedi Ri Txe Son.
"Rojdestvoga qanday sovg‘a olish Qo‘shma Shtatlarning o‘ziga bog‘liq", - deb qo‘shib qo‘ydi diplomat.
Ri Txe Sonning bayonotidan bir necha soat keyin AQShning Shimoliy Koreya bo‘yicha maxsus vakili Stiven Bigan Vashington yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha Pxenyan bilan muzokaralardan voz kechmasligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid

21:44
Mashhur rassomning o‘g‘irlangan 50 ming dollarlik kartinasi chiqindixonadan topildi

21:17
Britaniya yadroviy qurollarni tashishga qodir qiruvchi samolyotlarni xarid qiladi

18:51
AQShda yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida 250 mln asalari uchib ketdi

14:42 / 31.05.2025