Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tergov departamenti Andijondagi portlash bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi
2019 yil 4 dekabr kuni soat taxminan 14:05 da Andijon shahar 2-kichik dahada joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi 30 yoshli fuqaro D.S.ning xonadonida o‘rnatilgan gaz tortgich moslamasida uyda hech kim yo‘qligi va nazoratsiz qolishi oqibatida ko‘p miqdorda gaz to‘planib chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqqan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha ma'lumotga ko‘ra, yong‘in sabab mazkur ko‘p qavatli uyda joylashgan 8 ta xonadon zarar ko‘rgan hamda 11 nafar fuqarolar termodestruktiv mahsulotlaridan zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Jabr ko‘rganlar orasida 3 nafar voyaga yetmaganlar bor. Jabrlanganlar orasida qurbonlar yo‘q.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bundan oldin, Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida portlash sodir bo‘lgani, 8 kishi kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026