Jahon | 19:52 / 07.12.2019
15211
1 daqiqa o‘qiladi

Viktoriya sharsharasining suvi rekord darajada ozayib ketdi

Foto: Reuters

Afrikadagi dunyoga mashhur Viktoriya sharsharasining suvi rekord darajada ozayib ketdi, deb xabar bermoqda The Guardian.

Millionlab turistlarni Zambiya va Zimbabvega jalb etadigan sharshara kuchli qurg‘oqchilik sababli ingichka irmoqqa aylandi.

Odatda qurg‘oqchilik davrida Viktoriya sharsharasining suvi ozayadi, lekin bu yilgi ozayish rekord darajaga yetdi.

Afrika janubi sharqidagi qurg‘oqchilik hosilni nobud qilgani sababli 45 mln kishi chetdan oziq-ovqat yetkazilishiga ehtiyoj sezmoqda.

Zimbabve va Zambiya elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda.  

Ekspertlar iqlim o‘zgarishi Viktoriya sharsharasini butunlay yo‘q qilib yuborishidan tashvishlanmoqda. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid