O‘zbekiston | 12:09 / 07.12.2019
9221
2 daqiqa o‘qiladi

Xususiy bandlik agentliklarining javobgarligi kuchaytiriladi

Foto: 123RF

“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Bu haqda 2020 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi loyihasida aytilgan.

Qonun loyihasida:

xususiy bandlik agentliklari javobgarligi va bilimini baholash markazlari talablarini kuchaytirish;

xususiy bandlik agentliklari va ish izlovchi o‘rtasida tuzilgan xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni hisobga olish mexanizmini joriy etish;

xususiy bandlik agentligi va ish qidirayotgan shaxs o‘rtasida tuzilgan xizmat shartnomasi bo‘yicha, shuningdek xalqaro tajribaga (Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya) muvofiq to‘lovlarni to‘lash shartlarini tartibga solish uchun xizmat shartnomasi bo‘yicha to‘lov shartlari alohida taqdim etish masalasi;

ish izlovchi fuqarolarni sug‘urtalash xususiy bandlik agentliklari sug‘urta qilish shartnomasidagi majburiyatlarni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yetkazilgan zararni qoplash masalalari nazarda tutiladi.

Mas'ul ijrochilar - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2020 yil 30 avgust, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2020 yil 30 sentabr.

Yana bir xususiy bandlik agentligining litsenziyasi to‘xtatildi. 633 mln so‘m o‘zlashtirib yuborilgani aytilmoqda

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid