Özbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligining litsenziyasi töxtatildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar qilmoqda.
Qayd etilişiça, “Navoiy xususiy bandlik agentligi” MÇJ mansabdor şaxslari xorijda işga joylaşiş istagida agentlikka murojaat qilgan jami 211 nafar fuqaroni Janubiy Koreya Respublikasida malaka talab qilinmaydigan böş iş örinlariga işga yuboriş, ularga 2 ming AQŞ dollari miqdorida oylik iş haqi berilişiga işontirgan.
Biroq, vazirlik ma'lumotida aytilişiça, uşbu şaxslar firibgarlik yöli bilan fuqarolarning har biridan 3 mln. sömdan jami 633 mln. söm olib, pul mablağlarini özlaştirgan va belgilangan muddatda fuqarolarni işga yubormagan.
Respublika huquqni muhofaza qiliş organlari uşbu ma'lumot yuzasidan hozirça rasmiy izoh bilan çiqqani yöq.
Bundan oldin, yuzlab odamlarni çuv tuşirgan yana bir xususiy bandlik agentligining litsenziyasi töxtatilgandi.
Öz navbatida, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşqarma boşliği Sarvar Karimovning aytişiça, 3ta xususiy bandlik agentligiga jinoiy iş oçilgan, 8ta litsenziya bekor qilingan.








