Jamiyat | 12:36 / 09.12.2019
54888
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxati e'lon qilindi 

Foto: Rossiya FVV

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk oblasti, Tazovsk rayonida sodir bo‘lgan yong‘in hodisasi to‘g‘risida axborot berdi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan xabarga ko‘ra, 2019 yilning 8 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:30da Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk oblasti, Tazovsk rayoni, “STROY PROYeKT SeRVIS” MChJga tegishli bo‘lgan, ishchilar yashashi uchun mo‘ljallangan vagon noma'lum sabablarga ko‘ra yonib ketgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida, vagonda bo‘lgan 4 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan va 1 nafari 35 foiz kuyish tan jarohati olib, rayon markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Halok bo‘lgan fuqarolar:

Ergashev A.;
Aliqulov Safarali Suyun o‘g‘li, 1998 y.t; 
Djumoyev Ergash Binoyevich, 1983 y.t.

Tan jarohati olgan fuqaro:

Omanov Tolibjon Butayevich, 1966 y.t.

Hozirda mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda marhumlarning jasadlarini vatanga qaytarish bilan bog‘lik tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bundan oldin, Rossiyadagi konda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid