Jahon | 16:30 / 10.12.2019
17267
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada kasalxonada sodir etilgan otishma oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Foto: EPA-EFE/LUKAS KABON

Ostrava shahridagi kasalxonalardan birida noma'lum shaxs otishma sodir etishi natijasida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Chexiya politsiyasi xabar berdi.

Chexiya bosh vaziri Andrey Babishning ma'lum qilishicha, halok bo‘lganlar shifokor qabuliga kirish uchun navbat kutib o‘tirgan bemorlar bo‘lgan.  

Avvalroq politsiya mahkamasi mahalliy vaqt bilan ertalab soat yettilarda kasalxonada otishma sodir bo‘lgani to‘g‘risida ma'lumot kelib tushganini xabar qilgandi. 

iDNES.cz nashrining yozishicha, noma'lum shaxs travmatologiya bo‘limida o‘tirgan bemorlarga yaqin masofadan o‘q uzgan.  

Politsiyaning xabar berishicha, otishma sodir etgan shaxs qo‘lga olish chog‘ida o‘zini otib o‘ldirgan.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid