Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik migrant AQShga kir yuvish mashinasi ichida kirishga urindi
Foto: U.S. Customs and Border Protection
AQSh chegara xizmati xodimlari Qo‘shma Shtatlar hududiga noqonuniy yo‘llar bilan kirishga uringan 11 nafar xitoylikni qo‘lga oldi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, chegarachilar Meksikadan Kaliforniya shtatidagi San-Diyego shahriga kirib kelayotgan yuk mashinasini to‘xtatgan. Uning ichida 11 nafar xitoylik migrant bo‘lib, ular turli uy jihozlari, jumladan, kir yuvish mashinasi, sandiq, javon ichiga yashiringan bo‘lgan.

AQSh bojxona-chegara xizmati ma'lumotiga ko‘ra, migrantlarning hech biriga shikast yetmagan. Ularning barchasi qo‘lga olingan.
Yuk mashinasi haydovchisi 42 yoshli AQSh fuqarosi bo‘lib, u hibsga olingan.
Mavzuga oid
14:48
Mers Yevropa davlatlarining AQShdan yanada mustaqil bo‘lishini talab qilmoqda
09:37
Tramp muhim minerallar zaxirasi yaratilishini e’lon qildi
07:58
AQSh davlat qarziga egalik: eng yirik davlatlar reytingi
22:57 / 02.02.2026