O‘zbekiston | 22:44 / 13.12.2019
6547
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada ham muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi

12 dekabrdan Janubiy Koreyaning bir qator shaharlarida O‘zbekistondagi vakillik organlari deputatligiga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi qoshida 42-sonli saylov uchastkasi ochildi, deb xabar bermoqda Kun.uz'ning Janubiy Koreyadagi muxbiri.

Elchixona xodimlari va O‘zbekiston Mehnat va bandlik vazirligi vakillaridan iborat komissiya a'zolari Janubiy Koreyaning ayrim shaharlarida bo‘lib, ko‘chma quti orqali ovoz berish jarayonlarini tashkil etishmoqda.

Jumladan, 12 dekabr kuni Seul shahridagi Sejong universitetida muddatidan avval ovoz berish tashkil etildi. Unda ushbu oliygohda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etishdi.

13 dekabr kuni esa Incheon shahridagi Inha universitetida ham saylovoldi ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Unda nafaqat universitet talabalari, balki shu shaharda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari ham qatnashdi.

Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida muddatidan oldingi saylovlar mamlakatning Ansan, Tegu, Gimxe, Kvangju va boshqa shaharlarida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid