Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda toliblar bilan otishma oqibatida to‘qqiz harbiy halok bo‘ldi
G‘azni viloyatida “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan kamida to‘qqiz nafar harbiy o‘ldirildi. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vazirligining Twitter sahifasida ma'lum qilindi.
"Kecha G‘azni viloyatining Qorabog‘ uyezdida “Tolibon” terrorchilari tomonidan Afg‘oniston milliy armiyasining to‘qqiz nafar askari o‘ldirildi", - deyiladi vazirlik xabarida.
"Sinxua" agentligi esa toliblar hujumi oqibatida 25 nafar harbiy halok bo‘lganini xabar qildi.
Avvalroq “Tolibon” harakati jangarilari Juzjon viloyati Fayzobod uyezdida 40 nafar oqsoqolni o‘g‘irlab ketishgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:34 / 07.04.2026
Kobulda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston ilk muloqoti o‘tkazildi
00:22 / 06.04.2026