Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida ko‘p qavatli arzon uy-joylar quriladi
2020 - 2024 yillarda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Hujjatda belgilanishicha, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida infratuzilma obektlarini rivojlantirish va urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, ko‘p kvartirali uy-joylar va ijtimoiy soha obektlarini barpo etish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini, shu jumladan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banklarining 100 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditlarini jalb qilish choralarini ko‘radi.
Farg‘ona viloyati hokimligi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK bilan birgalikda urbanizatsiya jarayonlarining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarining bosh rejalariga 2020 yil 1 aprelga kadar tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta'minlaydi.
Farg‘ona viloyati hokimligi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida qurilishi rejalashtirilayotgan 9, 12 va 16 qavatli arzon uy-joylar uchun “O‘zshaharsozlikLITI’’ DUK tomonidan ishlab chiqilgan yangi turar joy massivlarining bosh reja sxemalariga asosan viloyatning boshqa tuman va shaharlaridan tanlangan yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratish va ushbu shaharlar hududiga o‘tkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Mavzuga oid
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
11:07 / 25.03.2026
Foto: 1913 yilgi Qo‘qon manzaralari
14:12 / 17.03.2026