Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mutasaddi mahkumlarga pensiya tayinlash va to‘lash tartibini tushuntirdi
2019 yilda qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga asosan 1 sentyabrdan boshlab ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan, manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan shaxslarga ham davlat pensiyalarining birini tayinlash va to‘lash huquqi berildi. Bu haqida Pensiya jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i Shuhrat Utaganov ma'lumot berdi.
«Fuqaro ozodlikdan mahrum etilganida unga pensiya to‘lovi to‘lanmasdi. 2019 yilning 28 avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shmachalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Mana shu qonunning 1-moddasida fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risidagi qonunga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritildi va manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan va ozodlikdan mahkum etishga hukm qilingan fuqarolarga nafaqat davlat pensiyalarini tayinlash, balki ularning to‘lovini ham davom ettirish huquqi taqdim etildi.
Buni qanday tushunish kerak? Aytaylik, erkak kishi 58 yoshida birorta jinoyat sodir etdi. Jinoyat sodir etganidan keyin u sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi va jazo muddatini o‘tash uchun koloniyaga yuborildi. Koloniyaga yuborilganidan keyin 61 yoshida jazo muddatini o‘tayotganida amnistiya akti bilan jazo muddati yengillashib, manzil koloniyasiga yuborildi. Birinchidan, u pensiya yoshiga yetgan. Uning ozodlikdan mahrum etilguniga qadar 7 yildan ziyod staji bor. Bu fuqaroning ijtimoiy huquqi kafolatlanadi va fuqaro bevosita manzil-koloniyasi ma'muriyati orqali manzil-koloniyasi joylashgan hududdagi pensiya jamg‘armasi bo‘limiga murojaat etadi. Bunda koloniya ma'muriyati amaliy yordam ko‘rsatadi. Biz bu borada Vazirlar Mahkamasining qarorini yaqinda hukumatga kiritdik. Unda tartibi ko‘rsatilgan. Bu fuqaroga davlat pensiyasi tayinlanadi va uning shaxsiy hisob varaqasiga to‘lab boriladi», deya mutasaddining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
U mahkumlarda yoshga doir pensiyaga huquqi mavjud bo‘lsa, yoshga doir pensiya, TMEK (tumanlararo, tuman (shahar) va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari) tomonidan nogironlik belgilangan bo‘lsa, nogironlik pensiyasi tayinlash huquqi ham taqdim etilishi haqida aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
11:11 / 17.01.2026
Kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
18:04 / 15.01.2026
Mahkumlarga masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqi berildi
08:31 / 19.07.2025
Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni ozod qilish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi
13:17 / 01.07.2025