Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London va Tokio savdo kelishuvi tuzishni rejalashtirmoqda
Buyuk Britaniya va Yaponiya kunchiqar mamlakat bilan Yevroittifoq o‘rtasida mavjud kelishuvga o‘xshagan savdo kelishuvi tuzish niyatida. Bu haqda Britaniya bosh vazirining yaponiyalik hamkasbi Sindzo Abe bilan muzokaralari natijasi bo‘yicha tarqatilgan bayonotida xabar qilindi.
"Yetakchilar davlatlar o‘rtasida xususan, xavfsizlik va mudofaa sohasida ittifoqni mustahkamlash, Yevroittifoq va Yaponiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvga asosan savdo kelishuviga erishishga kelishib oldi", - deyiladi bayonotda.
Tokio va Bryussel o‘rtasidagi mavjud kelishuv 2019 yil 1 fevraldan kuchga kirgan. Kelishuvga asosan Yaponiya tomonidan joriy etilgan bojlarning aksariyat qismi bekor qilingan.
Buyuk Britaniya 2020 yil 31 yanvarda Yevroittifoqdan chiqadi, shundan so‘ng London qator savdo kelishuvlari tuzish niyatida.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
20:36 / 06.06.2026