Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuror Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi
26 dekabr kuni O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda 39 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinib, ularning murojaatlari olindi.
Shuningdek, bosh prokuror Qarshi shahridagi “Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun Muruvvat internat uyi”ga tashrif buyurib, yangi yil bayrami munosabati bilan 30 dan ortiq Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar topshirdi.


Bosh prokuror Qarshi tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli, aholining turmush tarzi bilan ham tanishdi. Tumandagi “Mirmiron” MFY aholisi bilan uchrashdi, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan oila xonadoniga tashrif buyurib, ularning turmush tarzi va oilaviy ahvolidan xabar oldi.

Mazkur xonadondagi 3 sotix foydalanilmayotgan yer maydonida qo‘shimcha daromad olish uchun issiqxona tashkillashtirish yuzasidan tuman prokurori va hokimiga ko‘rsatma berilib, shu kunning o‘zida issiqxonaning qurilish ishlari boshlandi.

Bosh prokurorning tashrifi doirasida ushbu mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 1,2 km. masofadagi tuproq yo‘lga shag‘al yotqizilib, ko‘cha bo‘ylab simyog‘ochlar o‘rnatildi.
Fuqarolar tomonidan qabulda bildirilgan murojaatlar nazoratga olinib, qonuniy hal etilishi ta'minlanadi.
Mavzuga oid
20:29 / 16.10.2025
Putin O‘zbekiston bosh prokurorini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi
17:24 / 06.09.2025
O‘tgan yili 900 mingga yaqin ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilgan - Bosh prokuror
15:24 / 27.08.2025
Bosh prokuror, ichki ishlar vaziri va mudofaa vazirining unvonlari oshirildi
16:40 / 14.01.2025