Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Qodirov takroriy ovoz berishda parlament deputatligiga saylandi
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov 5 yanvar kungi takroriy ovoz berish natijalariga asosan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandi.
Foto : KUN.UZ
Qodirovning o‘zi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda «dastlabki natijalar shunga qarab ketayotgani» haqida gapirdi.
Alisher Keldiyevich Qodirov parlament deputatligi uchun saylovlarda Jizzax viloyati 36-Paxtakor saylov okrugidan nomzod sifatida ishtirok etdi.
Ushbu okrugga 4ta tuman – Paxtakor, Sharof Rashidov, Zafarobod va Zarbdor tumanlari kiradi.
Unga takroriy ovoz berishda O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi nomzodi ko‘rsatilgan Gulzoda Zuhurova raqiblik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Qodirov 22 dekabr kungi saylovlarda yetarlicha ovoz to‘play olmagan (31 foiz) va shu sababli, takroriy ovoz berish jarayoni natijalarini kutishiga to‘g‘ri kelgan edi.
UPD: So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Alisher Qodirov 59644ta ovoz olib, 73,5 foizlik ko‘rsatkich bilan parlament deputatligiga saylangan.
Mavzuga oid
10:11
Kosovo saylovlari: hukmron partiya g‘alaba qozondi
23:38 / 26.12.2025
Zelenskiy ofisi Ukrainada saylov uchun pul yo‘qligini aytdi
19:17 / 19.12.2025
Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
08:04 / 15.12.2025