Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida nizo kelib chiqdi
Foto: Slutskiy Maksim/TASS
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasining belgilanmagan qismida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida nizo kelib chiqdi, deb xabar berdi RIA Novosti Qirg‘iziston chegara xizmati matbuot xizmatiga tayanib.
Xabarda aytilishicha, Qirg‘iziston fuqarolari chorva mollarini qidirib chegaraning belgilanmagan qismiga kirishgan va O‘zbekiston chegara otryadiga duch kelishgan.
"Fuqarolar qo‘shni davlat harbiy xizmatchilari bilan aytishib qolishgan. Keyin esa dahanaki jang mushtlashuvga aylanib ketgan", - deyiladi xabarda.
To‘qnashuvni to‘xtatish uchun O‘zbekiston harbiylari havoga ogohlantiruvchi o‘q uzishgan.
"To‘qnashuv natijasida jabrlanganlar yo‘q", - deb xabar berilmoqda.
Qayd etilishicha, hozirda ikki davlat chegara xizmatlari vakillari chegaradagi vaziyatning keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uchrashuv o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
21:08 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi
13:42 / 31.03.2026