Jahon | 22:00 / 06.01.2020
89258
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lolmaydi

Foto: Tom Brenner / Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning yadroviy kelishuvdan chiqishi to‘g‘risidagi xabardan so‘ng Tehron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lolmasligini bildirdi.

"Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lolmaydi!" – deb yozdi u Twitter sahifasida bosh harflar bilan.

Avvalroq Eron yadroviy kelishuv bo‘yicha asosiy shartlarni bajarishdan voz kechishini e'lon qilgandi

Shu bilan birga, Eron MAGATE bilan hamkorlikni davom ettirishini ma'lum qilgan.

AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabat Iroqda Amerika armiyasining zarbasi oqibatida Eron generali Qosim Sulaymoniy halok bo‘lganidan so‘ng keskinlashdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid