Jahon | 19:37 / 07.01.2020
19491
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Iroqda B-52 bombardimonchi samolyotlari uchun aerodrom qurmoqchi

B-52 bombardimonchi samolyoti

AQSh Iroqning Anbar viloyatidagi Ayn-al-Asad aviabazasida B-52 bombardimonchi samolyotlari uchun aerodrom barpo etmoqchi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Al-Sumaria telekanali xabar berdi.

"Amerika qo‘shinlariAnbar viloyatidagi Ayn-al-Asad aviabazasida B-52 strategik bombardimonchi samolyotlari uchun yirik xalqaro aerodrom qurishni rejalashtirmoqda", - degan manba.

Uning qo‘shimcha qilishicha, aviabazadagi AQSh qo‘shinlari bombardimonchi samolyotlar uchun uchish-qo‘nish yo‘lagi qurish maqsadida aerodrom infrastrukturasini kengaytirgan.

Avvalroq Wall Street Journal gazetasi Pentagon Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 200 nafar harbiy va oltita B-52 bombardimonchi samolyotini jo‘natishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid