Jahon | 15:12 / 07.01.2020
13878
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Iroqdagi askarlarini Kuvayt va Iordaniyaga ko‘chiradi

Foto: DPA

Germaniya eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘limidan keyin Iroqdagi vaziyat keskinlashgani bois bu mamlakatdagi harbiylarining bir qismini Kuvayt va Iordaniyaga ko‘chiradi. Bu haqda Germaniya ichki ishlar va mudofaa vazirlining bundestagga yo‘llagan maktubiga asoslanib DPA agentligi xabar berdi.

Ushbu chora birinchi navbatda Bag‘dod va Toji shaharlaridagi harbiy xizmatchilarga taalluqli. Vazirlar maktubda Iroq hukumati bilan harbiy hamkorlikni davom ettirish uchun muloqotda bo‘lib turishlarini ta'kidlashgan.

"Biz Iroq hukumatining har qanday suveren qarorini hurmat qilamiz. U yerda joylashgan askarlarimiz tez orada Iordaniya va Kuvaytga ko‘chiriladi. Iroq askarlarini shug‘ullantirish qaytadan boshlanganidan ular qaytishlari mumkin", - deyiladi maktubda.

Agentlikning ma'lumot berishicha, Iroqda jami 120 nafar germaniyalik harbiy joylashgan.

Avvalroq Iroq parlamenti mamlakatdan xorij qo‘shinlari olib chiqib ketilishi bo‘yicha qaror qabul qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid