Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atom energetikasi O‘zbekistonga nima beradi?
Bugun, 18 yanvar kuni Energetika vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ochiq muloqotda energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, “O‘zatom” agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov so‘zga chiqdi.
Taqdimot davomida atom energetikasini rivojlantirishning afzalliklari haqida ma'lumot berildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
Unga ko‘ra:
• AES qurish va uning ekspluatatsiyasi uchun sarflangan har 1 dollar O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘rtacha 5-6 dollarni qaytaradi.
• AES qurilgan hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
• Yiliga 3,0-3,5 milliard kubometr tabiiy gazni tejaydi.
• Umumiy energobalansga qo‘shimcha 2,4 GVt elektr energiyasi qo‘shiladi.
• AESni qurish loyihasi doirasida katta hajmdagi material va xizmatlar mahalliylashtiriladi.
• AES qurilishi davrida 8 ming nafardan ortiq kishi, ekspluatatsiya davrida esa 2,5 ming kishi ishtirok etadi.
• Issiqlik gazlari chiqindilari xususan, 14 million tonnagacha karbonat angidrid gazi va 36 ming tonna dioksid azotning atmosferaga chiqarilishi kamayadi.
Tadbirda berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj 69 mlrd kVt/soatni tashkil etadi.
Respublikada jami 64 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2030 yilda elektr energiyasiga bo‘lgan talab deyarli ikki marta ko‘proq ortadi va 117 mlrd kVt/soatni tashkil etadi.
Mavzuga oid
08:21 / 20.05.2026
Dunyodagi eng yirik elektr energiyasi manbalari reytingi
11:37 / 13.05.2026
«Asosiy pasayish Sho‘rtanda» - energetika vaziri gaz qazib olish hajmining keskin qisqarib ketganiga izoh berdi
19:03 / 07.05.2026
Otabek Bakirov: “Yolg‘on axborot tarqatish haqidagi modda so‘z erkinligini toraytiryapti”
15:24 / 07.05.2026