Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Haftarning tajovuzkorona siyosatini to‘xtatishga chaqirdi
Foto: RIA Novosti
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Liviyada tinchlik o‘rnatish uchun sulh tuzilishi va Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftarning tajovuzkorona siyosatini to‘xtatish kerakligini aytdi. U bu haqda Berlinda Liviya bo‘yicha o‘tkaziladigan anjuman arafasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog‘ida fikr bildirdi.
"Biz janob Sarojni (Liviya Milliy kelishuv hukumati rahbari) Moskvaga kelishga ko‘ndirish uchun ancha sa'y-harakatlarni amalga oshirdik. U o‘z vazifasini bajardi. Natijada Milliy kelishuv hukumati barcha kutganlari bajarilmagan bo‘lsa ham kelishuv imzoladi. Haftar kelishuvni imzolamadi, u tinchlik tarafdori emasligini, masalani harbiy yo‘l bilan hal qilish niyatida ekanligini ko‘rsatdi", - dedi Erdo‘g‘an.
"Liviyada tinchlik-xotirjamlik o‘rnatilishi uchun Berlin konferensiyasi sulh tuzilishini ta'minlashi hamda masalani siyosiy yo‘l bilan hal qilishi kerak. Haftarning tajovuzkorona mavqeiga chek qo‘yish zarur", - deb ta'kidladi Turkiya prezidenti.
Avvalroq Milliy kelishuv hukumati rahbari Foiz Saroj Xalifa Haftar o‘z hujumini to‘xtatmasa, xalqaro hamjamiyat Liviyaning tinch aholisini himoyalash bo‘yicha harakatlarni amalga oshirishi lozimligini aytgandi.
Mavzuga oid
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
18:22 / 08.03.2026
Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
00:30 / 01.03.2026