Liviya milliy armiyasi qömondoni Xalifa Haftar öz hujumini töxtatmasa, xalqaro hamjamiyat Liviyaning tinç aholisini himoyalaş böyiça harakatlar amalga oşirişi lozim. Bu haqda Liviya Milliy kelişuv hukumati rahbari Foiz Saroj Welt nemis naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.
Saroj, şuningdek, Yevropa Ittifoqining Liviya ixtilofini tartibga solişdagi “kamtarona” harakatlarini tanqid qilgan.
“Biz himoya kuçlarini öz hukumatimizni emas, balki 9 oy davomida tinimsiz bombardimonga uçragan Liviya aholisini himoya qiliş uçun qarşilagan bölardik”, deb aytgan siyosatçi.
Uning ta'kidlaşiça, xalqaro kuçlar BMT rahnamoligida harakat qilişi lozim. Bu kuçlar Yevropa Ittifoqi, Afrika ittifoqi yoki Arab davlatlari ligasi kuçlari bölişi mumkin.
19 yanvarda Berlinda Liviyadagi vaziyatni tartibga soliş böyiça xalqaro anjuman bölib ötadi. Unda Liviyadagi ixtilofning barça tomonlari iştirok etişi kutilmoqda.














