Jahon | 15:49 / 20.01.2020
13963
2 daqiqa o‘qiladi

Manba: Haftar sulh bitimini imzolashdan bosh tortdi

Foto: REUTERS

Berlindagi konferensiyada Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar Liviyada sulh tuzish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdan bosh tortdi, deb xabar berdi RIA Novosti o‘z manbasiga tayanib.

"Berlinda aynan Xaftar sulh bitimini imzolashdan bosh tortdi. U o‘zini g‘alati tutdi: telefonini o‘chirib oldi, hech kimga indamasdan ketib qoldi", - dedi manba.

19 yanvar kuni Berlinda Liviyadagi vaziyatni muhokama qilish uchun o‘tkazilgan sammitda ushbu mamlakatga qurol yetkazib berishga embargoga amal qilish hamda mojaroning turli tomonlarida turib urishayotgan guruhlarga harbiy yordam ko‘rsatmaslik bo‘yicha kelishib olindi.

13-14 yanvar kunlari Moskva shahrida tashkillashtirilgan muzokaralarda Liviyadagi mojaro tomonlari tinchlik sulhi bo‘yicha kelishuvga erisha olishmagandi.

Muzokaralar Putin va Erdo‘g‘an tomonidan kelishilgan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimning tasdiqlanishi bilan yakunlanishi kutilgan, ammo Haftar bu bitimni imzolashdan bosh tortib, Moskvadan ketib qolgandi.

Mavzuga oid