Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin prezidenti Tramp bilan telefon orqali muloqot qilishni rad etdi
Falastin yetakchisi Mahmud Abbos AQsh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilishni rad etdi, deb xabar berdi Al-Watan Voice portali Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qo‘mitasi a'zosi Ahmad Majdalaniyga asoslanib.
Majdalaniyning so‘zlariga ko‘ra, Amerika ma'muriyati bilan hech qanday muzokara o‘tkazilmayapti, Abbos esa Tramp bilan telefon orqali muloqot qilishni rad etgan.
Avvalroq Tramp Yaqin Sharqda barqarorlik o‘rnatish bo‘yicha rejasini e'lon qilishini bildirgandi.
"Asr kelishuvi" – Falastin-Isroil mojarosini hal qilish bo‘yicha AQSh ma'muriyati tomonidan ishlab chiqilgan reja. Ushbu hujjatning e'lon qilinishi bir necha marta ortga surilgandi.
Vashington mazkur rejani ishlab chiqishni uch yil avval boshlagandi. Amerika OAVning ma'lum qilishicha, reja iqtisodiyot va investitsiyalarga qaratilgan.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026