Jahon | 14:44 / 30.01.2020
3080
1 daqiqa o‘qiladi

Stokholmdagi galereyadan Salvador Dalining o‘ndan ortiq asarlari o‘g‘irlab ketildi

Salvador Dali

Shvetsiyaning Stokholm shahridagi Couleur galereyadan rassom Salvador Dalining 10-12ta bronza skulptura va gravyuralari o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda galereya egasi Peder Enstrem Aftonbladet nashriga ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, har bir asar 200-500 ming shved kronasi (19-47 ming yevro) turadi, o‘g‘irlab ketilgan asarlarning umumiy qiymati 380 ming yevroga boradi.

O‘g‘rilar Dali asarlarini 30 yanvar kuni ertalab Audi avtomobiliga yuklab olib ketishgan. Politsiya jinoyatchilarni hozircha topa olmadi.

O‘tgan yil 15 oktyabrda San-Fransiskodagi galereyadan Dalining narxi 20 ming dollar turadigan «Yonayotgan jirafa» kartinasi 32 soniya ichida o‘g‘irlab ketgani xabar qilingandi. Uning harakatlari kuzatuv kamerasida qayd etilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid