Jahon | 00:01 / 01.02.2020
14896
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada 12 kishi grippdan vafot etdi

Chexiya hududida gripp epidemiyasi hukm surmoqda, har 100 ming kishiga 1865 nafar bemor to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda mamlakat gigiyena xizmati boshlig‘i Eva Gottvaldova ma'lum qildi.

Foto : Fotolia / spotmatikphoto

"Gripp epidemiyasi butun respublika hududini qamrab olgan. Har 100 ming kishiga 1865 nafar bemor to‘g‘ri kelmoqda, ular orasida bolalar va keksalar bor. Gripp asorati tufayli 12 kishi vafot etdi. Bemorlar soni o‘tgan haftadagiga nisbatan qariyb o‘ttiz foizga oshdi", - dedi Gottvaldova.

U mamlakat aholisiga murojaatida gripp yuqtirganlik belgilarini sezganda kasallikni boshqalarga ham yuqtirmaslik uchun uydan chiqmaslikni so‘radi.

"Vatandoshlarimizdan shu kunlarda odamlar gavjum joylarga bormaslikni, qo‘llarini tez-tez yuvishlarini, ko‘proq vitamin iste'mol qilishlarini so‘rayman. Kasal bo‘lib qolsangiz, iltimos, uyda yoting, ko‘chaga chiqmang, boshqalarga ham yuqtirmang", - dedi Gottvaldova.

Gripp epidemiyasi sababli mamlakatning ko‘plab kasalxonalarida bemorlarni ko‘rgani kelish taqiqlandi, ayrim bolalar maskanlari yopildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid