Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy hududida film va seriallar suratga olish taqiqlandi
Xitoy radio va televideniye jamoat tashkilotlari federatsiyasi huzuridagi kinematografiya qo‘mitasi koronavirus tarqalishi sababli mamlakat hududida film va seriallarni suratga olishni taqiqladi.
Qo‘mita bayonotida aytilishicha, suratga olish ishlari bilan shug‘ullanadigan barcha kinokompaniya va ishchi guruhlar tegishli buyruq chiqmaguniga qadar suratga olish ishlarini to‘xtatishi shart.
Ushbu taqiqni buzganlar qonunga asosan jazolanishi ta'kidlangan. Aktyorlar ham filmda suratga tushishni rad etish huquqiga ega.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 1 fevral holatiga Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 11 ming kishiga yetgan. Bemorlarning 259 nafari vafot etgan, 243 kishiga kasalxonadan uyiga ketishga javob berilgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026