O‘zbekiston | 08:39 / 04.02.2020
6514
2 daqiqa o‘qiladi

Mehnatga majburlaganlik uchun jazo qat'iylashadi

Jinoyat kodeksi va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga zarur tuzatishlar kiritildi. O‘zgartirishlar 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Foto: KUN.UZ

Norma’ning yozishicha, mehnatga ma'muriy tarzda majburlash qismida:

MJTK doirasidagi jarimalar oshiriladi va BHMning 50 baravaridan 100 baravarigachani tashkil etadi (hozirgi kunda – BHMning 10 baravaridan 30 baravarigacha). Huquqbuzarlik takroran sodir etilganligi esa jinoyat-huquqiy sanksiyalarga – BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha jarima yoki 2 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud axloq tuzatish ishlariga sabab bo‘ladi (hozirgi kunda BHMning 30 baravaridan 100 baravarigacha ma'muriy jazo qo‘llanilmoqda);

mehnatga voyaga yetmaganlar majburlangan taqdirda huquqbuzarga BHMning 70 baravaridan 100 baravarigacha bo‘lgan summaga jarima solinadi (hozirgi kunda – BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha). Huquqbuzarlikni takroran sodir etish jinoiy jinoyatlar toifasiga o‘tkaziladi, buning uchun BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha jarima undiriladi yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilinadi yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlarini beriladi (hozirgi kunda ma'muriy jarima – BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha).
 
Voyaga yetmaganning mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloqiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanganlik uchun jinoyat moddasi kiritilmoqda. Unga ma'muriy jazo qo‘llangandan keyin murojaat qilinadi (ya'ni huquqbuzarlikni takror sodir etganlik uchun). Bu aybdorlar uchun BHMning 25 baravarigacha jarima solish yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga sabab bo‘ladi. Shu kabi birinchi huquqbuzarlik uchun ma'muriy sanksiya o‘zgarmadi - BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid