O‘zbekiston | 07:40 / 07.02.2020
23297
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat sektorida mehnatga haq to‘lash tizimi isloh qilinadi

O‘zbekistonda davlat sektorida mehnatga haq to‘lash tizimini isloh qilish rejalashtirilmoqda

Foto: KUN.UZ

2020 – 2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, davlat sektorida mehnatga haq to‘lash tizimini isloh qilish mo‘ljallangan.

Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning muvaffaqiyatli islohotlarini o‘rganish va tahlil qilish asosida davlat sektorida amaldagi mehnatga haq to‘lash tizimini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.

Davlat sektoridagi mehnat resurslari samaradorligi va natijadorligini oshirishni, davlat sektori xodimlarining mutanosib mehnatiga haq to‘lashning tengligi, adolatliligi va shaffofligi hisobiga uyg‘un ish jarayonini o‘rnatishni nazarda tutuvchi davlat sektorida mehnatga haq to‘lash bo‘yicha Strategiyani ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Ijro muddati - 2020 yil III chorak. Mas'ul ijrochilar - Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi. Jahon bankining maxsus missiyasi texnik yordam ko‘rsatishi nazarda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid