O‘zbekiston | 15:21 / 12.02.2020
2054
1 daqiqa o‘qiladi

Milliy maqom akademiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Madaniyat sohasini tubdan takomillashtirish choralarini ko‘rish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda Milliy maqom akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 aprelga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanadi. Loyihada:

Madaniyat vazirligi tashkiliy tuzilmasi va hududiy tuzilmalari qayta ko‘rib chiqish;

vazirlik tuzilmasida “Piar markazi”ni tashkil etish;

madaniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish;

bunday tadbirlarga san'atkorlarni shartnoma asosida jalb qilish;

Milliy maqom akademiyasini tashkil etish nazarda tutiladi.

Mas'ullar - Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid