Janubiy Koreya sobiq prezidenti 17 yilga qamaldi
Li Myon Bak o‘zi yirik aksiyadori bo‘lgan DAS avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya mablag‘larini o‘zlashtirishda hamda prezidentlik davrida Samsung Electronics kompaniyasidan pora olishda gumon qilingandi.
Seul yuqori sudi Koreya Respublikasining sobiq prezidenti Li Myon Bakni (2008-2013 yillar) mablag‘larni o‘zlashtirish va o‘ta yirik miqdorda pora olishda aybdor deb topdi. Yonhap agentligining xabar berishicha, mamlakat sobiq rahbariga 17 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
Bundan tashqari, 78 yoshli Li Myon Bak 15,7 mln dollar jarima to‘laydi.
Prokuratura Li Myon Bakni o‘zi yirik aksiyadori bo‘lgan DAS avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya mablag‘larini o‘zlashtirishda hamda prezidentlik davrida Samsung Electronics kompaniyasidan pora olishda gumon qilgandi.
Li Myon Bak 2018 yil 22 martda hibsga olingan, 5 oktyabrda Seul yuqori sudi uni 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Ammo 2019 yil martda u salomatligi yomonlashgini sababli qamoqdan ozod qilingandi.
Mavzuga oid
14:20 / 27.09.2024
Janubiy Koreyada itlarni go‘shti uchun boqishdan bosh tortgan fermerlarga pul to‘lanadi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
19:53 / 10.09.2024