O‘zbekiston | 23:09 / 25.02.2020
14848
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

Ilhom Ne'matov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Farhod Arziyev egalladi.

Foto: republicworld.com

Farhod Nuriddinovich Arziyev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Prezidentning 25 fevral kuni e'lon qilingan boshqa bir qaroriga asosan, bu amalni egallab kelgan Ilhom To‘ychiyevich Ne'matov TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ma'lumot uchun, Farhod Arziyev 2017 yilning mayidan buyon O‘zbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ishlab kelayotgan edi. U ilgari O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida maslahatchi sifatida ishlagan.

Ilhom Ne'matov esa 2018 yilning noyabridan buyon Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek diplomatiyasiga 2012 yil yanvaridan buyon Abdulaziz Hafizovich Komilov rahbarlik qilib kelmoqda.

Mavzuga oid