Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovga yangi birinçi örinbosar tayinlandi.
«Kun.uz» manbasi xabar berişiça, endilikda Ilhomjon Töyçiyeviç Ne'matov TIV rahbarining yangi birinçi örinbosariga aylangan. Şu vaqtgaça Taşqi işlar vazirligining maxsus topşiriqlar böyiça elçisi lavozimida işlab kelayotgan Ilhom Ne'matov oktabr oyida Özbekistonning Rossiyadagi elçisi etib tayinlangan Botirjon Asadov örnida iş boşlaydi.
Ilhomjon Ne'matov 1952 yilda Namangan viloyatida tuğilgan, 1973 yili Farğona politexnika institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.
U 1992-93 yillarda konsullik boşqarmasida bölim boşliği, işlar boşqarmasi boşliği bölgan. Keyingi yillarda u Germaniyadagi elçixonada, Taşqi işlar vazirligining konsullik boşqarmasida, Özbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengaşida işlagan, 1997-1999 yillarda Hindistondagi elçi sifatida faoliyat körsatgan. U 1999 yildan 2008 yilgaça ham Taşqi işlar vaziri birinçi örinbosari bölgan, 2008-2010 yillarda Özbekistonning Rossiyadagi elçisi, 2010-2013 yillarda esa Özbekistonning AQŞdagi elçisi sifatida işlagan, 2013-2014 yillarda TIVning alohida topşiriqlar böyiça elçisi, 2014-2016 yillarda «GM Uzbekistan» boş direktori maslahatçisi bölgan, 2016 yilning 14 sentabrida yana TIVning alohida topşiriqlar böyiça elçisi lavozimiga qaytgan.













