Jahon | 17:18 / 26.02.2020
6390
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Eron bilan chegarada dala hospitallarini joylashtirdi

Hozirda Turkiya aviakompaniyalariga Erondan faqatgina turk fuqarolarini olib kelishga ruxsat berilgan.

Foto: AP Photo / Ebrahim Noroozi

Turkiya sanitariya-epidemiologiya xizmatlari epidemiologik xavfli davlatlardan kelayotgan fuqarolarni karantinda saqlash uchun Eron bilan chegarada dala hospitallarini joylashtirdi. Bu haqda Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxritdin Koja ma'lum qildi.

"Turkiyaga Xitoydan tranzit orqali keladigan barcha shaxslar 14 kunlik karantinga joylashtiriladi. Qum va Mashhad shahrida bo‘lganlar 14 kun davomida chegara yaqinida joylashtirilgan dala hospitallarida bo‘ladi", - dedi Koja.

Uning aytishicha, hozircha Turkiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat qayd etilmagan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hukumati Eron bilan chegarani yopgan. Hozirda Turkiya aviakompaniyalariga Erondan faqatgina turk fuqarolarini olib kelishga ruxsat berilgan.

Eron ayni vaqtda koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha Xitoydan keyingi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Bu mamlakat koronavirus epidemiyasining uchinchi yirik o‘chog‘iga aylangan va ekspertlar bu pandemiya boshlanganidan darak berishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda mamlakatda virusdan zararlanganlar soni 95 nafarga yetdi, ammo haqiqiy raqamlar bundan butunlay boshqacha ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid