Jahon | 16:51 / 28.02.2020
8773
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada Sitsiliya mafiyasiga qarshi yirik operatsiya o‘tkazildi

Hibsga olinganlar mafiya faoliyati, giyohvandlik moddalari kontrabandasi, reket, noqonuniy ravishda qurol olib yurish va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

Foto: RIA Novosti

Italiyada mafiya faoliyatida ishtirok etishda ayblanib 59 kishi hibsga olindi. Bu haqda Sitsiliyaning Messina provinsiyasidagi jinoiy guruhga qarshi operatsiya o‘tkazgan karabinerlar korpusi vakili ma'lum qildi.

Hibsga olinganlar mafiya faoliyati, giyohvandlik moddalari kontrabandasi, reket, noqonuniy ravishda qurol olib yurish va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

Juma kuni ertalab maxsus xizmat bo‘linmalari Italiyaning qator hududlarida yirik miqyosdagi operatsiya o‘tkazdi.

"Sulola" nomi ostidagi operatsiya Messinadagi mafiya "oilasi"ga qarshi o‘tkazildi" – deyiladi korpus xabarida.

Qayd etilishicha, oilani ushbu hududdagi mafiya rahbarlarining farzandlari boshqargan. Mafiya "otalari" esa jazo muddatini o‘tamoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid