Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Idlibdagi turk qo‘shinlari Rossiyaga emas, Asad rejimiga qarshi kurashmoqda
5 mart kuni Moskvada Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muzokara o‘tkazishdi. 6 soatdan ortiq vaqt davom etgan uchrashuvlar yakunida Suriyadagi vaziyat bo‘yicha memorandum imzolandi.
Suriyaning Idlib provinsiyasidagi turk harbiylari Rossiyaga emas, Suriya armiyasi qo‘shinlariga qarshi kurashmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an jurnalistlar bilan muloqotida aytdi.
"Bu yerda Rossiya va Turkiya o‘rtasida hech qanday masala yo‘q. Bizga Rossiya emas, Bashar Asad rejimi qarshilik qilmoqda. Afsuski, bu rejim Idlibda o‘z aholisini shafqatsizlarcha yo‘q qilmoqda", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Yeni shafak" gazetasi.
"Biz ularni ogohlantirdik, ammo ular to‘xtamadi", - deb ta'kidladi Turkiya prezidenti.
5 mart kuni Moskvada Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an muzokara o‘tkazishdi. 6 soatdan ortiq vaqt davom etgan uchrashuvlar yakunida Suriyadagi vaziyat bo‘yicha memorandum imzolandi.
Memorandumda Suriyaning shimolidagi M4 trassasi yaqinida 12 kilometrlik xavfsizlik yo‘lagi tashkil etilishi ma'lum qilingan. Tomonlar bu hudud bo‘ylab 15 martdan patrullashni boshlashga kelishib olishgan.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026