5 mart kuni Moskvada Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdöğan muzokara ötkazişdi. 6 soatdan ortiq vaqt davom etgan uçraşuvlar yakunida Suriyadagi vaziyat böyiça memorandum imzolandi. Muzokaralar yakunida Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli va Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov birgalikda kelişilgan matnni e'lon qilişdi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Idlib sammitidan keyin ikki prezident bayonot berdi.

Erdöğanning bayonotidagi satrboşlar quyidagiça:

«Janob Putinga samimiy taklif uçun minnatdorçilik bildiraman. Bugungi uçraşuvlarimizda Suriyadagi vaziyatni va Idlibdagi sönggi voqealarni muhokama qildik. 6 soat davom etgan bir tadqiq ötkazdik.

Uşbu çuqur munosabatlarni hurmat va umumiy manfaatlarga mos ravişda rivojlantiriş umididamiz. Biz janob Putinni mamlakatimizda kutib qolamiz. 2018 yil sentabr oyida Soçida janob Putin bilan tuzgan kelişuvimiz natijasida Idlibda barqarorlikka erişdik. Mintaqadagi hujumlarning oldini oliş uçun kerakli çoralarni körişimiz lozim edi. Rejimning tinç fuqarolarga qaratilgan hujumlari tinçlikni buzdi. Birinçi darajali javobgar – bu rejim. Rejimdan qoçganlar soni bir yarim millionga yetgan va mintaqa aholisi bizning çegaralarimizda töplangan. Idlibni kimsasiz holga keltirmoq Turkiyani maşaqqatga giriftor qiliş demakdir. Turkiya bunday tahdid qarşisida qöl qovuştirib turolmaydi.

Rejim tajovuzining oldini oliş uçun uşbu hududda yanada faol böldik. Mintaqadagi rus kuçlari bilan koordinatsiyani mahkam uşlab turişga alohida e'tibor qaratdik. Idlibda yangi maqom şakllanişi muqarrar.

Biz imkon qadar tezroq sulh tuzamiz. Yarim tundan boşlab sulh kuçga kiradi. Bugungi uçraşuvimiz Suriyada tinçlik örnatilişiga hissa qöşadi, degan umiddaman.  Barçangizni hurmat bilan qutlayman».

Putinning bayonotidagi satrboşlar:

«Bu yildagi uçinçi uçraşuvimizni ötkazdik. Yaqin şaxsiy aloqalarimiz yeçimni topişga imkon beradi. Biz Idlibdagi keskin va nozik vaziyatni muhokama qildik.