Go‘sht narxi yana oshishi mumkin
Asosiy sabablar - go‘sht importining yetarli darajada emasligi va go‘sht importi narxining oshishi
Ichki bozorda go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning sezilarli oshishiga nisbatan taklif hajmining nomuvofiq o‘sishi narxlarga ma'lum darajada bosim yaratadi. Bu haqda Markaziy bank xabarida aytilgan.
Qayd etilishicha, chorvachilik sohasini tubdan rivojlantirish va bu uchun zarur bo‘lgan ozuqa bazasini shakllantirish orqali ichki bozorni uzluksiz go‘sht mahsulotlari bilan ta'minlash ma'lum bir vaqtni talab qiladi.
“Shu bilan birga, boshqa davlatlardan (Belarus, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) go‘sht importining yetarli darajada emasligi, shuningdek, go‘sht importi narxining oshishi o‘rta muddatli istiqbolda go‘sht narxiga ta'sir ko‘rsatadi”, - deyiladi Markaziy bank ma'lumotida.
Ta'kidlanishicha, transport infratuzilmasini, bozorlarda raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz gaz va elektr energiya bilan ta'minlash sohalarida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflatsiya darajasi barqaror pasayishining asosiy omillaridan hisoblanadi.
Bundan oldin, Markaziy bank koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri qanday bo‘lishi yuzasidan izoh bergandi.
Mavzuga oid
21:40 / 02.10.2024
Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qilgani ma’lum bo‘ldi
07:30 / 02.10.2024
Sentyabr oyi uchun inflatsiya darajasi ma’lum qilindi
14:05 / 12.09.2024
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
15:30 / 09.09.2024