Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«So‘nggi bir yilda iste'mol shu qadar ko‘paygani dargumon» - iqtisodchi go‘sht narxining oshishi haqida
Iqtisodchi Yuliy Yusupov Facebook’dagi sahifasida O‘zbekistonda go‘sht narxining ko‘tarilishi bilan bog‘liq holat yuzasidan post e'lon qildi.
Yusupovning O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xayitovdan farqli o‘laroq bildirishicha, aholining juda ham ko‘p miqdorda go‘sht iste'mol qilishi kuzatilmayapti.
«Narxlarning oshishi bilan bog‘liq muammo bizning ko‘p go‘sht iste'mol qilayotganimizda emas. So‘nggi bir yil ichida iste'mol juda ham ko‘payib ketgani sababli narxlar bunday oshdi, deb bo‘lmaydi», - deya yozadi Yusupov.
Iqtisodchining ta'kidlashicha, narxlarning oshishiga qishloq xo‘jaligi sohasida erkin bozor yo‘qligi muammosi sababdir. Bu, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni talabga emas, balki «mansabdor shaxslarning buyrug‘i»ga bog‘lab qo‘ymoqda.
«Xo‘sh, nega go‘sht narxi shunchalik ko‘tarildi? Sababi, fermerlar o‘z yerini erkin tasarruf etish va talabgor mahsulotlar yetishtirish imkoniga ega emas. Ular paxta va g‘alla bo‘yicha buyurtmani bajarishga majbur», - dedi Yusupov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi unumdor yerlarning barchasi «oq oltin» foydasiga ishlamoqda, yomon yerlar esa ozuqa ekinlariga qolib ketib, shu tariqa ular uchun har yili ekin maydonlarining kamayishi kuzatilmoqda.
Bundan tashqari, iqtisodchi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlarini keltirgan.
«2015 yilda O‘zbekistonda ozuqa ekinlarini yetishtirish maydoni 327,1 ming gektarni, 2018 yilda esa 242,7 ming gektarni tashkil etdi. 27 foizga pasayish. 1991 yilda ozuqa ekinlari uchun ekin maydoni 1 million gektardan ortiq edi. O‘shanda aholi soni 21 millionga teng bo‘lgan. Hozir esa bizda 33 million fuqaro bor. Ozuqa ekinlari uchun yer to‘rt baravar kamaygan», - deb yozadi iqtisodchi.
Yusupov obektiv qonuniyatga asoslangan: «yem yo‘q - go‘sht yo‘q». Shunga ko‘ra, taklif yetarli bo‘lmasa, narx ham ko‘tariladi.
Iqtisodchi bu sohani isloh qilish kerak, deb ta'kidlaydi.
«Narxlar ko‘pincha islohotlar amalga oshirilayotgani uchun emas, balki amalga oshirilmayotgani uchun ko‘tariladi. Go‘sht narxlari agrar islohot o‘tkazganimiz uchun emas, balki uni hamon amalga oshirmaganimiz uchun va fermerlar o‘rta asrlardagi holatda bo‘lganligi sababli oshdi», - deya xulosa qilgan Yusupov.
Mavzuga oid
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:07 / 05.05.2026
Niderlandiya poytaxtida go‘sht va avtomobillar reklamasi taqiqlandi
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
14:42 / 20.04.2026