Bugun, 30 sentabr kuni, Davlat statistika qömitasi vakillari iştirokida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani taşkil etildi. Mutasaddilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölayotgan göşt narxidagi noaniqliklar böyiça rasmiy izoh berildi.
Qömita raisi örinbosari Mahmudjon Ziyodullayev uşbu yönalişda statistika qay tartibda yuritilişi haqida axborot berdi.

«Statistika qömitasi xodimlari tomonidan markaziy dehqon bozorlarida har seşanba kuni 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, göşt narxlari böyiça ma'lumotlar yiğiladi. 10 sentabr kuni ötkazilgan kuzatuv natijalariga köra, göşt narxi örtaça 32 ming sömdan 55 ming sömgaça, deb belgilangan.
Nukus bozorlarida göşt narxi haqiqatan ham 32 ming sömni taşkil qiladi. Köpçilik bunga işonmaydi va statistika ma'lumotlarini işonçsiz, deb baholayapti.
Yana şunday e'tirozlar böladi: göşt narxi supermarketlarda 55 mingdan ham qimmat. Bu hisobga olinmaydimi? Biz kuzatuv işlarini faqat markaziy dehqon bozorlarida olib boramiz, supermarketlarda emas. Göşt 70- 80 ming sömdan sotilayotgan savdo rastalari bor, lekin juda kam. Şuning uçun bu raqamlar umumiy hisob-kitoblarda aks ettirilmaydi. Örtaça olganda, eng köp kuzatilgan narx-navo 32 ming sömdan 55 ming sömgaça. Şuning uçun bu raqam asos qilib olinadi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
















