O‘zbekiston | 11:42 / 06.03.2020
3357
3 daqiqa o‘qiladi

Hukumat «Ipoteka-bank» aktivlariga aloqador qaror qabul qiladi

“Ipoteka-bank” ATIB aktivlarini samarali ishlatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi

Foto: Ipoteka-bank

Vazirlar Mahkamasining “Ipoteka-bank” ATIB aktivlarini samarali ishlatish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qayd etilishicha, quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankini o‘zgartirish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 25 iyundagi 523-sonli qaroriga asosan “Ipoteka-bank” ATIBga uning investitsiya faoliyati natijasida shakllangan bank faoliyatiga xos bo‘lmagan aktivlarni realizatsiya qilish tavsiya etilgan;

“Ipoteka-bank” ATIB investitsiya portfelidan xos bo‘lmagan aktivlarni chiqarishni ko‘zda tutuvchi ““Ipoteka-bank” ATIBni xususiylashtirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahar hokimligi va “Ipoteka-bank” ATIBning quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifiga rozilik beriladi:

vakolatli davlat organlariga aksiyalar paketi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar ustav fondidagi ulushlarni balans qiymatida ilovaga asosan o‘tkazib berish;

Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlik doirasida bank faoliyatiga xos bo‘lmagan aktivlar aniqlangan taqdirda, ushbu aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda baholash orqali sotish choralarini ko‘rish. Boshlang‘ich baholash bahosida sotuvga chiqarilgan sanadan 3 oy davomida sotilmagan holatda “Ipoteka-bank” ATIB Kuzatuv kengashida ko‘rib chiqish orqali ularning boshlang‘ich bahosini nominal bahosigacha pasaytirish.

“Ipoteka-bank” ATIB tomonidan vakolatli davlat organlariga aktivlarni balans qiymatida o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 noyabrdagi PQ-2660-sonli qarori asosida bankning 2019 yil natijalari bo‘yicha olgan daromad solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilingan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilishi belgilab qo‘yilishi hamda soliqlar to‘lashdan ozod qilingan mablag‘lardan aktivlarni so‘ndirishga yo‘naltirishdan ortgan qismi o‘rnatilgan tartibda bank ustav kapitalidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ulushini ko‘paytirishga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid